Toshkent metrosi bayram kunlari qay tartibda ishlaydi

eʼlon qilindi
05:00 dan 00:00 ga qadar
Foto: T.me/Mintrans_uz

O‘zR mustaqilligi bayrami kunlari, ya’ni 31-avgust va 1-sentabr kunlarida metro harakati odatiy ish kunlari kabi faoliyat olib boradi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bayram kunlari harakat cheklanmaydi. 2-3-sentabr kunlari esa metro dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishidagi bekatlar ertalab 05:00 dan tungi 00:00 gacha, yer usti halqa yo‘lidagi bekatlar esa 05:00 dan 23:00 ga qadar ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenida ayol mashinistlar ish boshlashi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek