UzAuto Motors Gruziyaga Chevrolet Cobalt va Tracker avtomobillarining navbatdagi partiyasini joʻnatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtomobillar 2024-yilning 25-sentabr kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida ochilishi kutilayotgan Strada Motors rasmiy dileriga yetkazib beriladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 30-iyul sanasida Chevrolet Cobalt avtomobilining birinchi partiyasi Moʻgʻulistonga yoʻl olgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors foydasi 65 foizga oshgani haqida yozgan edi.