Asila Mirzayorova ilk oltin medal bilan O‘zbekistonni 6-o‘ringa olib chiqdi
«Parij – 2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunidayoq para yengil atletikadan rekord natija qayd etgan Asila Mirzayorova oltin medal sohibasi bo‘ldi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangilagan, para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bellashuvlarida ishtirok etgan Asila Mirzayorova 5.24 metr natija qayd etdi va dunyoda tengsiz ekanligini isbotladi.
Ayni damda O‘zbekiston jahon reytingida (Toshkent vaqti bilan 16:30da) 6-o‘rinni band etmoqda.
Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova bundan avval «Tokio – 2020» yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ushbu yo‘nalishda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Kubaro Hakimova Paralimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibasi bo‘lgan edi.