Dam olish kunlarida, ya’ni 31-avgustdan 3-sentabrga qadar tibbiyot muassasalarida 40 ming shifokor aholi xizmatida bo‘ladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Unga ko‘ra, mamlakatimiz mustaqilligi munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari vaqtida 1 mingdan ortiq oilaviy poliklinika, 1,2 mingta tibbiyot punkti, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi va boshqalar faoliyat yuritadi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida ham shifokorlarning kechayu kunduz navbatchilik qilish tartibi joriy etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi respublika sog‘liqni saqlash tizimidan mamnun ekani haqida yozgan edi.