Bayram kunlari avtobuslar qay tartibda harakatlanishi belgilandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtobuslar tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi
Foto: O‘zbekiston transport vazirligi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan avtobuslar qay tartibda harakatlanishiga aniqlik kiritildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Toshshahartransxizmat» avtobus saroylari tasarrufidagi avtobuslarining yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi dam olish kunlari uchun tasdiqlangan jadvalda belgilangan.

Ma’lumot uchun, Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kunlari sifatida 31-avgust va 1-2-3-sentabr kunlari belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda avtobuslar tezligi soatiga 50 km gacha cheklanishi haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek