O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligini nishonlash munosabati bilan respublikada bayramlar 3-sentabrgacha davom etadi. Shuning uchun ayrim banklar tomonidan pul o‘tkazmalari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, banklar bayram kunlari o‘z faoliyatini tashkil etish bo‘yicha jadvallar e’lon qilgan. Ushbu jadvallar bilan quyida havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:
Biznesni rivojlantirish banki;
Ma’lumot uchun, 24/7 rejimida faoliyat olib boruvchi avtomatlashtirilgan bankomatlar orqali, shuningdek, banklarning mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash mumkin.
Avvalroq Kursiv banklar 2024-yilning 7 oyida 2023-yilning mos davriga nisbatan 159 mlrd soʻmga kamroq foyda olgani haqida xabar bergan edi.