30 o‘tovdan iborat «Yurt Camp Sputnik Navoi» oromgohi Navoiy viloyati Konimex tumanida ishga tushirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi matbuot markazi.
Turkompleks mamlakatimizdagi ilk safari-turizm klasteriga aylandi. Avgust oyining oxiriga kelib, bu mintaqadagi o‘tov oromgohlarini soni yettitaga yetdi. Ular 855 o‘ringa mo‘ljallangan.
Avgust oyi boshida respublikada olti mingta mehmonxona, xostel va boshqa joylashtirish vositalari faoliyat yuritgan. Yil oxirigacha O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 10 million kishini tashkil etishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston safari-parklariga uch yilga soliq imtiyozlari berilishini yozgan edi.