Muslima Odilova O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk medalni olib berdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Para suzish bo‘yicha
Parijda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para suzish bo‘yicha ishtirok etgan sportchimiz Muslima Odilova bronza medali sohibasi bo‘ldi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga butterfly usulida suzish bo‘yicha para suzuvchi Muslima Odilova marraga uchinchi bo‘lib yetib kelib, delegatsiyamiz hisobiga bronza medalni yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Muslima Odilova «Rio – 2016» yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham qatnashib, ikkita kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan 65 nafar sportchi ishtirok etishi haqida yozgan edik.