Qirg‘izistonda investitsiya oltinini sotish bo‘yicha Shveysariya banki ochildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu g‘oyani mamlakat prezidenti qo‘llab-quvvatladi
                    
                            
Qirg‘izistonda Golden Suisse Middle East & Asia banki ish boshladi. Moliya muassasasi 29-avgust kuni ochildi, deb xabar berdi Kaktus.Media nashri.
Bank vitse-prezidenti Taymas Norboyevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda vakolatxona ochish g‘oyasi mamlakat prezidenti Sadir Japarov tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Shveysariyaning Golden Suisse banki 2016-yilda Vaytmanlarning xususiy oilaviy banki negizida tashkil etilgan. Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi – oltin qazib olish bo‘yicha hunarmandchilik va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘iziston Milliy banki oxirgi yig‘ilishda bazaviy stavkani 9 foiz darajasida saqlab qolishga qaror qilgani haqida yozgan edi.
