Rossiya Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berishni ikki baravar oshirdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda «Gazprom» rahbari xabar berdi
                    
                            
2024-yilning yanvar–avgust oylarida Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Markaziy Osiyoga (MO) gaz eksportini ikki baravar oshirdi, deya xabar bermoqda konsern raisi Aleksey Miller.
Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya gazni «O‘rta Osiyo – Markaz» quvuri orqali maksimal darajada yetkazmoqda.
Millerning aniqlik kiritishicha, 2023–2024-yillarda O‘zbekistonda anomal sovuqlar qayd etilgan qishda ham yetkazib berish hajmi yuqori bo‘lgan.
«Bu respublikalar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan juda jadal rivojlanmoqda. Bu esa biz uchun yangi imkoniyatlar ochadi», dedi Miller.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda gaz qazib olish 5 foizga kamaygani haqida yozgan edi.
