Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni 70 yoshi bilan tabrikladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Belarus prezidenti esa O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Rasm: President.uz

Bugun, 30-avgust kuni O‘zbekiston davlat rahbari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni 70 yoshlik yubileyi bilan telefon orqali tabrikladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati xabar beradi.

Belarus prezidenti ham O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan qutladi va osoyishtalik tiladi.

Suhbat davomida joriy yilning fevral oyida Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq amalga oshirilgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Natalya Kochanova boshchiligidagi Belarus delegatsiyasining yaqinda amalga oshirgan tashrifining ahamiyatliligi ta’kidlanib, sanoat kooperatsiyasi va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar tayyorlashni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon ayollari $4,5 millionlik shartnomalar imzolaganini yozgan edi.

Shuningdek