O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rekonstruksiya qilingan Toshkent halqa avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi yo‘l qismi yangilandi. Yo‘l qismi olti-sakkizta yo‘lakkacha kengaytirildi. Trassa bo‘ylab uchta burilish, to‘rtta yer osti o‘tish joyi, shuningdek, piyodalar va velosiped yo‘laklari qurildi.
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishgan joyda yo‘l o‘tkazgich qurildi. Ko‘chalarni yoritish tizimi yangilandi, yangi to‘xtash pavilionlari va svetoforlar o‘rnatildi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 12,5 ming km avtomobil yo‘llari va 200 ga yaqin ko‘prik rekonstruksiya qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Forobiy ko‘chasining THAYgacha yopilishi haqida yozgan edi.