Toshkent viloyatida yo‘l qurilishi vaqtida qadimiy qabr topildi

eʼlon qilindi
Qazishmalar davom etmoqda
Rasm: O‘zbekiston Madaniy meros agentligi

Toshkent viloyati Kumushkon qishlog‘ining shimolida yo‘l qurilishi vaqtida ming yildan ortiq yoshi bo‘lgan qabr tasodifan topilgan, deb xabar berdi O‘zbekiston madaniy meros agentligi.

O‘sha joyga kelgan arxeologlar bu bo‘shliq qadimgi dafn xonasi saqlanib qolgan qismi ekanligini aniqladilar. Keyingi qazishmalar vaqtida xonadan temir qilich, bronza uzuk, dafn ashyolari, muhr va sopol idish olindi.

Qazishmalar Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan davom ettirilmoqda.

2023-yilda Kumushkonda II-VI asrlarga oid to‘qqizta sopol idish va qadimiy yer osti inshooti topilgan edi. O‘shanda arxeologik yodgorlik quvur yotqizish vaqtida topilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand viloyatida qadimgi So‘g‘d ibodatxonasi topilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek