Ziyodaxon Isoqova O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni yozdirib qo‘ydi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Para taekvondo bo‘yicha

«Parij – 2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para taekvondo bo‘yicha qatnashgan vakilimiz Ziyodaxon Isoqova kumush medali sohibasi bo‘ldi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Ziyodaxon Isoqova Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Vakilimiz Perulik Leonor Anjelika Espinoza Karransaga qarshi murosasiz kechgan bahsda 10:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va 2-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, sal avval Muslima Odilova O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk medalni olib bergan edi.