Yangiliklar

Bayrami munosabati bilan 522 nafar shaxs afv etildi

Ulardan 56 nafasi ayollardi
Foto: Pexels.com

Prezident «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra, bosh qomusning 109-moddasi 23-bandiga binoan jazo muddatini o‘tayotganlar ichida chin dildan pushaymon bo‘lgan shaxslarning 522 nafari afv etildi.

Ulardan 159 nafari asosiy jazodan, 303 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 60 nafarining esa ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazoga o‘zgartirildi. 

Afv etilganlar ichida ​19 nafar chet el fuqarolari ham bor. Shuningdek, ular ichidan 56 nafari ayol, 25 nafari 60 yoshdan oshgan erkak, 233 nafari yoshlar (ulardan biri voyaga yetmagan) va 27 nafari taqiqlangan tashkilotlar bilan aloqador shaxslardir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bayram munosabati bilan pensiya toʻlovlari 1-sentabrgacha toʻlab berilishi haqida yozgan edik.