Yangiliklar

BYD’ning ustunligi Xitoydagi raqiblarga og‘irlik qildi

U bozordagi kichikroq kompaniyalarni siqib chiqarmoqda
Foto: Bloomberg

Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi ichki bozordagi kichikroq kompaniyalarni siqib chiqargan holda o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2024-yilning ikkinchi choragida kompaniya daromadi 33 foizga oshib, $127 mlrdni tashkil etdi.

O‘tgan hafta Xpeng uchinchi chorakdagi daromadni Xitoyda keskin narxlar urushi sharoitida tahlilchilar kutganidan ancha past bo‘lishini bashorat qilgan edi.

Joriy yilning fevral oyida BYD o‘zining Qin Plus seriyali sedanlari narxini taxminan 2800 dollarga pasaytirdi. Bu esa boshqa ishlab chiqaruvchilarni ham shunga moslashishga majbur qildi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda BYD 3 mln elektromobil sotib, G‘arb avtomobil ishlab chiqaruvchilari Volkswagen va Tesla’ni ortda qoldirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD E2 elektromobilini rasman Oʻzbekistonda sotuvga chiqargani haqida yozgan edi.