Endi har oktabr oyining birinchi haftasida Siyosiy qatag‘on qurbonlari yod etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu borada uchrashuv, tanlov va ko‘rgazmalar tashkil qilinadi
Foto: President.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabat bilan Shahidlar xotirasi xiyobonida Qur’on tilovat qilindi va elga osh berish marosimi tashkil etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev joylardagi qatag‘on qurbonlarini aniqlash, bu borada tadqiqotlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. 

Foto: President.uz

Prezident o‘z so‘zida oktabr oyining birinchi haftasini Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanishi haqida ta’kidladi. Bu vaqtning tanlanishiga 1938 yil 4–16-oktabr kunlari 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy mahbus ustidan hukm o‘qilgani sabab qilib keltirildi.

Qarorga muvofiq, ushbu haftalik davomida mamlakat bo‘ylab uchrashuvlar, ko‘rgazma, tanlovlar va shu mavzudagi kino namoyishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlari qatag‘on qurbonlari yashab o‘tgan xonadonlarga tashrif buyuradi va avlodlaridan xabar oladi.

Prezident tadqiqotchilarni moddiy rag‘batlantirish, arxiv ma’lumotlarini ochiqlash, tarixni yoshlarga to‘g‘ri yetkazish muhimligi haqida gapirdi.

Shu bilan birga, Imom Buxoriy muzeyini tashkil qilinayotgani va ko‘plab tarixiy filmlar suratga olinayotgani haqida ham so‘z bordi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev dual ta’limni keng joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Shuningdek