Yangiliklar

Mohigul Hamdamova bronza medalini qo‘lga kiritdi

Disk uloqtirish bo‘yicha

Parijda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletikachimiz Mohigul Hamdamova bronza medali sohibasi bo‘ldi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F57 klassida disk uloqtirish bellashuvlarida hamyurtimiz Mohigul Hamdamova 32.75 metr natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Elbek Sultonov delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni olib berdi.