Yangiliklar

O‘zbekiston yengil atletikachilari bir bellashuvning o‘zida oltin va bronza medalini qo‘lga kiritdi

Yadro uloqtirish bo‘yicha

Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yadro uloqtirish dasturida sportchilarimiz Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev hamda Tolibboy Yo‘ldoshev oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Parallimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslarida bir yo‘nalishning o‘zida oltin va bronza medallarni delegatsiya hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 16.37 metr natija bilan chempion bo‘lgan bo‘lsa, 15.24 metr natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asila Mirzayorova rekord natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.