Silk Avia Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda

eʼlon qilindi
Haftasiga ikki kun
Foto: Silkavia.uz

Silk Avia aviakompaniyasi 11-sentabrdan Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, parvozlar 11-sentabrdan haftasiga chorshanba va shanba kunlari LET L-410 samolyotida amalga oshiriladi.

Reyslar Toshkentdan jo‘nab ketish vaqti soat 11:40, Shahrisabzga yetib borish vaqti 13:10;
Shahrisabzdan jo‘nab ketish vaqti 13:50, Toshkentga yetib borish vaqti 15:50 jadvali asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Aviachiptalar xalqaro aeroportlarda va Uzbekistan Airways Sales filialida yoki silk-avia.com sayti yoki ilovada xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent aeroportida yangilangan uchib ketish zali ochilgan edi.

Shuningdek