Soliq organining ayrim elektron xizmatlari vaqtincha ishlamaydi
eʼlon qilindi
Dam olish kunlari

Soliq qo‘mitasi tizimdagi profilaktika ishlari tufayli 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha ba’zi onlayn xizmatlarida uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tizimning ayrim veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatlari oshiriladi, bu esa 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha uzilishlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Soliq to‘lovchilarga 12,9 trln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarilgan edi.