Toshkent aeroportida yangilangan uchib ketish zali ochildi

eʼlon qilindi
2500 kvadrat maydonga ega
Foto: Kursiv / Roma Fedotov

Toshkent xalqaro aeroportida 2500 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega uchib ketish zali foydalanishga topshirildi. Bu haqda Uzairports matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zalda yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tish joyiga lift va eskalatorlar o‘rnatilgan. Zal va asosiy terminal binosi o‘rtasida o‘rindiqli kichik yashil maydon mavjud. Kelgusida uchib ketish terminalining ikkinchi qavatida shaharga qaraydigan deyarli 2200 kvadrat metr maydonga ega ochiq terassa qurilishi rejalashtirilgan. Har ikkala terassa ham yo‘lovchilar, kuzatuvchi va kutib oluvchilarga xizmat qiladi.

Foto: Uzairports.uz

Shuningdek, zalda bagajni qadoqlash, Sim-kartalarni sotib olish, bankomat xizmatlari, zaryadlash stantsiyalari va vending avtomatlari bor.

Foto: Uzairports.uz

Yana bir muhim jihat shundaki, uchib ketish terminali oldida panjaralar olib tashlandi. Transport vositalari esa binoning yonigacha kirib borishi mumkin bo‘ldi. YHXX tizimlari bilan integratsiyalashgan yo‘l kameralari terminalga kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan bo‘lib, 10 daqiqadan oshib ketgan avtomobil haydovchilariga avtomatik ravishda jarima bildirishnomasi jo‘natadi.

Foto: Uzairports.com

Ma’lumot uchun, aeropor terminali yiliga 7 mln yo‘lovchiga xizmat qiladi. 2023-yilda aeroport 6,8 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. 2024-yilda 8 mln, 2026-yilda 13 mlndan orttirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Iberojet» aviakompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga aviareyslarni yo‘lga qo‘yilayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek