Universalbank ham moliyaviy jarimaga tortildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Omonat haqida noto‘g‘ri ma’lumot berganligi uchun
Foto: Universalbank.uz

Universalbank «Sarmoya 25» omonat turi reklamasidagi qonunchilik buzilish holati yuzasidan jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Sarmoya 25» omonat turning yillik foiz stavkasi 25 % deyilgan axborot e’lon qilingan. Ammo ushbu omonat shartlarida 18 oyga yillik 22 % stavka ekanligi, foizlar har oyda toʻlanishi va kapitalizatsiya qilinmasligi keltirilgan. Shuningdek, omonat muddati, omonat kiritishning eng kam miqdori va boshqa muhim ma’lumotlar ham taqdim etilmagan.

Shularni hisobga olib, Universalbank’ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi va moliyaviy jarima chorasi qoʻllanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Ipak yo‘li» banki jarimaga tortilgan edi.

Shuningdek