Toshkentda dam olish kunlarini qayerda va qanday o‘tkazish mumkin
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Poytaxt hokimligi manzillarni e’lon qildi
O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi istirohat bog‘larida keng ko‘lamli bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Poytaxt hokimligi 2-sentabrgacha tomoshalar o‘tkaziladigan joylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Tomoshalar bo‘lib o‘tadigan joylar ro‘yxati
- Bektemir tumani: Coca-cola garden bog‘i
- Mirobod tumani: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Central park
- Sergeli tumani: Sergeli markaziy xiyoboni
- Olmazor tumani: Beruniy maydoni
- Uchtepa tumani: Eko Seul bog‘i
- Chilonzor tumani: G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i
- Yunusobod tumani: «O‘zekspomarkaz» maydoni
- Shayxontohur tumani: «Navro‘z» bog‘i
- Yashnobod tumani: «Ashxobod» bog‘i
- Yangihayot tumani: Green park
- Yakkasaroy tumani: Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi binosi oldidagi maydon
«Har bir bog‘ ma’muriyati o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha tadbirlarni ham tashkil etadi. Bayram tomoshalari 18:00 dan so‘ng boshlanadi», deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev 522 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida yozgan edi.