Yangiliklar

Toshkentda dam olish kunlarini qayerda va qanday o‘tkazish mumkin

Poytaxt hokimligi manzillarni e’lon qildi
Foto:

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi istirohat bog‘larida keng ko‘lamli bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Poytaxt hokimligi 2-sentabrgacha tomoshalar o‘tkaziladigan joylar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tomoshalar bo‘lib o‘tadigan joylar ro‘yxati

  • Bektemir tumani: Coca-cola garden bog‘i
  • Mirobod tumani: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: Central park
  • Sergeli tumani: Sergeli markaziy xiyoboni
  • Olmazor tumani: Beruniy maydoni
  • Uchtepa tumani: Eko Seul bog‘i
  • Chilonzor tumani: G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i
  • Yunusobod tumani: «O‘zekspomarkaz» maydoni
  • Shayxontohur tumani: «Navro‘z» bog‘i
  • Yashnobod tumani: «Ashxobod» bog‘i
  • Yangihayot tumani: Green park
  • Yakkasaroy tumani: Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi binosi oldidagi maydon

«Har bir bog‘ ma’muriyati o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha tadbirlarni ham tashkil etadi. Bayram tomoshalari 18:00 dan so‘ng boshlanadi», deyiladi hokimlik xabarida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev 522 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida yozgan edi.