Turkiya BRICS’ga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Nashr manbalariga ko‘ra, Turkiya NATO a’zosi bo‘lib qoladi.
Bloomberg suhbatdoshlaridan biri BRICS «Yevropa Ittifoqiga yaxshi muqobil» ekanligini aytdi. Turkiya 1999-yildan beri Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun nomzod hisoblanadi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan 2024-yil iyun oyida BRIKSga a’zo bo‘lish rejalari haqida birinchi marta ma’lum qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Malayziya BRICSga a’zo bo‘lish niyatida ekani haqida yozgan edi.