Boburjon Omonovda oltin va Nurxon Qurbonovada bronza medali
«Parij – 2024» Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston yengil atletikachilari Bobur Omonov va Nurxon Qurbonova delegatsiya hisobiga oltin va bronza medallarini qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.
Nurxon Qurbonova uchinchi marotaba paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘ldi. Yadro uloqtirish dasturida 7,75 metr natija qayd etib bronza medalini qo‘lga kiritdi.
«Tokiyo – 2020» Paralimiya o‘yinlari chempioni Bobur Qurbonov «Parij – 2024» rekordini yangiladi. Sportchi 14,32 metrga yadroni uloqtirdi va ikki karra paralimpiya chempioniga aylandi.
Hozirgi kunda Milliy terma jamoa hisobida oltita oltin, to‘rttadan kumush va bronza medallari bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Doniyor Saliyev Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritganini yozgan edi.