Doniyor Saliyev Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Uzunlikka sakrash bahslarida
Rasm: MOQ

Paraatlet Doniyor Saliyev «Parij – 2024» Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston medallar to‘plamiga kumush medalini qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

T12 klassidagi sportchilar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida hamyurtimiz 7,16 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, hozirda milliy terma jamoa beshta oltin, to‘rtta kumush va uchta bronza medali jamg‘argan.

Avvlaroq Kursiv Uzbekistan Yorqinbek Odilov O‘zbekiston hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘yganini yozgan edi.

Shuningdek