Qozog‘iston orqali Xitoyga eksport yuklariga qo‘yilgan taqiq O‘zbekistonga ta’sir qiladimi
«Qozog‘iston temir yo‘llari» Do‘stlik stansiyasi orqali Xitoyga eksport yuklarini konteynerlarda tashishni taqiqladi. Biroq cheklov O‘zbekistondan keladigan yuklarga taalluqli emas. Bu haqda Logistan Telegram kanali xabar beradi.
Cheklov joriy yilning 10-sentabrgacha amal qiladi.
«O‘zbekistondan yuklar uzoq vaqtdan beri Xitoyga Do‘stlik orqali emas, balki Xorgos orqali yetkazib berilmoqda. Ayni paytda Do‘stlikda yuzaga kelgan muammo O‘zbekiston tranzitiga ta’sir qilmaydi», deya ma’lum qildi LogiStan tahririyatiga O‘zbekistondagi manbalar.
Hozirgi kunda Do‘stik stansiyasida eksport yuklari ortilgan 55 ta konteyner poyezdi to‘plangan.
Ma’lumot uchun, 14-avgust kuni yuk tashuvchilar Xorgos chegara punktida tirbandlik tufayli Xitoydan Yevropaga konteynerlar jo‘natilishining qisqarishiga olib keldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston maymunchechak tufayli chegara va aeroportlarda nazorat choralarini kuchaytirganini yozgan edi.