Janubiy Koreya politsiyasi Telegram’ga qarshi tergov boshladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Ryonhap» agentligi xabar bermoqda
Rasm: Jakub Porzycki/NurPhoto via Getty Images

Seul politsiyasi Telegram korporatsiyasiga nisbatan ichki tergov boshlanganini e’lon qildi. Ayblovlar «dipfeyk» rasmlar tayyorlash va ularni 18+ videolarni yaratish bilan bog‘liq. Bu haqda «Ryonhap» agentligi xabar bermoqda.

Milliy tergov shtabi rahbari U Chon Su matbuot anjumanida Fransiyadagi holatga o‘xshash tergov harakatlari sudga da’vo arizasi berilgunga qadar boshlanganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Telegram tergov uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etmayapti, bu esa politsiyaning ishini qiyinlashtirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Indoneziya hukumati Telegramʼni bloklashi mumkinligini yozgan edi.

Shuningdek