Seul politsiyasi Telegram korporatsiyasiga nisbatan ichki tergov boshlanganini e’lon qildi. Ayblovlar «dipfeyk» rasmlar tayyorlash va ularni 18+ videolarni yaratish bilan bog‘liq. Bu haqda «Ryonhap» agentligi xabar bermoqda.
Milliy tergov shtabi rahbari U Chon Su matbuot anjumanida Fransiyadagi holatga o‘xshash tergov harakatlari sudga da’vo arizasi berilgunga qadar boshlanganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Telegram tergov uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etmayapti, bu esa politsiyaning ishini qiyinlashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Indoneziya hukumati Telegramʼni bloklashi mumkinligini yozgan edi.