Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Bugun, 2-sentabr kuni respublika davlat rahbari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar beradi.
Shavkat Mirziyoyev birinchi prezidentning haykal poyiga gulchambar qo‘yib va mustaqillik uchun qilgan ishlarini eslab o‘tdi.
«Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik», deb ta’kidladi prezident.
Marosimda O‘zR Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Paxtakor-79» jamoa a’zolarini xotirlash tadbiri o‘tkazilgani haqida yozgan edi.