Surxondaryoda oltingugurt chiqishi sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Mustaqillikning 25-yilligi» konida
Rasm: O‘zbekiston FVV

1-sentabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «Mustaqillikning 25-yilligi» konida oltingugurt (vodorod sulfit) gazi havoni zaharlagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar beradi.

Hozirgi vaqtda mutaxassislar va tashkilot vakillari hodisa joyiga yetib kelishgan va vaziyat haqida ishlar olib borishmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kon yaqinidagi aholini xavfsiz joyga ko‘chirishgan. Jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston janubida katta miqdorda metan chiqindilari qayd etilganligini yozgan edi.

Shuningdek