Kobulda sodir etilgan portlash kamida olti kishining umriga zomin bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                         13 kishi yaralandi
                    
                            
Afg‘oniston poytaxti Kobulda yuz bergan portlashda kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, terroristik holat Kobul janubidagi Qala-i-Baxtiyor hududida sodir bo’lgan.
«Bugun tushdan keyin tanasiga portlovchi modda kiygan shaxs o‘zini portlatdi», deb yozdi Kobul politsiyasi vakili Xolid Zadran dushanba kuni X sahifasida.
«Afsuski, olti nafar tinch aholi, jumladan bir ayol halok bo‘ldi, yana 13 nafari yaralandi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Hozircha hech bir guruh holat bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Tergov ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika maxsus kuchlari markazida portlash yuz bergan edi.
