Ozarbayjon va O‘zbekiston qo‘shma parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
eʼlon qilindi
1$150 mln qiymatdagi
Ozarbayjon va O‘zbekiston hamkorligida ishlab chiqariladigan paromlar O‘zbekiston ehtiyojlari uchun beriladi. Bu haqda Ozarbayjonning Trend axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, transport va tranzit sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha bir qator aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu parom ishlab chiqarish loyihaning moliyalashtirish hajmi $150 mlnni tashkil etadi.
Shuningdek, ombor infratuzilmasini birgalikda qurish, Transkaspiy yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratish va boshqa loyihalar ham rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida $520 mlnlik yettita loyiha ishga tushirilgani haqida yozgan edik.