O‘zbekistonliklar Makka va Madinada suv toshqini haqida ogohlantirildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Kuchli yomg‘ir tufayli
Oʻzbekiston fuqarolaridan Saudiya Arabistoniga sayohatni rejalashtirishda mintaqada yuz berayotgan suv toshqinlarini hisobga olishlari soʻraladi, deya xabar qildi «Dunyo» axborot agentligi.
Unga ko‘ra, ayrim yirik shahar ko‘chalarini suv bosdi. Suv toshqini Madinadagi Miykot turarjoy massivini ham egallab olgan. Ta’lim muassasalaridagi darslar bekor qilindi. Rasmiylar eng yuqori ogohlantirish darajasini e’lon qildi.
Makka va Madinadagi xavfli ob-havo sharoiti sentabr oyining birinchi o‘n kunligida davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yamandagi suv toshqini oqibatida qurbonlar soni 60 nafarga yetgan edi.