Poytaxtning aytim tumanlarida suv o‘chiriladi
2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan Bektemir va Yunusobod tumanidagi ba’zi mahallalarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ xabar berdi.
Unga ko‘ra, rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-sentabr soat 09:00 dan 6-sentаbr 21:00 ga qadar Bektemir tumaning «Mirishkor», «Rohat», «Majnuntol», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Iyk ota», «Abay», «Gulbog‘», «Husayn Boyqaro», «Bektemir», «Oltintopgan», «Sohil», «Musaffo» mahallalari hamda «Vodnik» issiqlik markazida, shuningdek, Yunusobod tumanidagi «Islomobod», «Hasanboy», «Sharq haqiqati» mahallalarida suv ta’minotdan uziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Soliq organining ayrim elektron xizmatlari vaqtincha ishlamasligi haqida xabar bergan edik.