1-sentabr kuni Rossiyaning Nijegorod viloyatida sodir bo‘lgan YTH natijasida halok bo‘lgan shaxslar kimligi aniqlandi. Bu haqda Nijnegorod viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, halokatda vafot etganlar Buxoro viloyati, Romitan tumanida yashagan 32 yoshli A.A., Qaraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida yashagan 41 yoshli A.I. va 38 yoshli A.X., Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashagan 31 yoshli N.Z., Samarqand viloyati, Narpay tumanida yashagan 43 yoshli N.Z., Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashagan 46 yoshli M.H (ayol), Navoiy viloyati hamda Karmana tumanida yashagan 51 yoshli T.S. bo‘lib chiqdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidan 19 yoshli A.A., Andijon viloyati, Andijon tumanidan 33 yoshli U.M. (ayol), Surxondaryo viloyati va Jarqo‘rg‘on tumanidan 57 yoshli U.U. ismli fuqarolar YTHda jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar-may oylarida YTH oqibatida qancha odam halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edik.