Toshkent Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiyalarga mezbonlik qiladi
2024-yilning 4-5-sentabr kunlari Toshkent shahrida SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining oʻninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda MDH Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha ikkinchi konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, konferensiyada ShHT va MDHga a’zo davlatlarning vakolatli organlari, MDH organlarining ishchi tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etadi.
Shuningdek, unda BMT, MDH ATM, Interpol, YEOG, OHICHK va boshqa tashkilotlar vakillari ham qatnashadi.
Konferensiya Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha tajriba almashinuvi va xalqaro hamkorliklari yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan MDH ATMning muvofiqlashtiruvida Hamdoʻstlik mamlakatlari vakolatli organlarining «Sharq-Aksilterror – 2024» qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
Bu orqali yirik obyektlar va gavjum joylarda terrorchilik harakatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha qoʻshma aksilterror tadbirlarini oʻtkazishda vakolatli organlarning faoliyatlari takomillashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev «ShHT — Afgʻoniston» muloqot guruhi faoliyatini qayta tiklashni taklif qilgan edi.