Turkiyada Alisher Navoiyga atab haykal qo‘yildi

eʼlon qilindi
Mamlakatimizning 33 yillik mustaqilligi munosabati bilan
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Turkiya poytaxti Anqara shahridagi Kechio‘ren tumanida Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra marosim O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Kechio’ren tumani tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi, TURKSOY tashkiloti, Anqara shahri va tumanlari hokimliklari vakillari, OTM rektorlari, navoiyshunos va tilshunos olimlar bilan birga keng jamoatchilik ham ishtirok etdi.

Foto: «Dunyo» axborot agentligi

«Keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan buyuk bobomizning boy va serqirra merosini chuqur o’rganish, uning barhayot fikr-g’oyalarini yurtimiz va xorijda keng targ’ib qilish borasida beqiyos ishlar amalga oshirildi. Bu borada 2020-yilda davlatimiz rahbarining qarori qabul qilindi. Shuningdek, O’zbekiston Prezidenti takliflari bilan 2021-yilda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Alisher Navoiy xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tuzildi. Kelgusi yillarda xorijiy davlatlarda o’zbek tili, madaniyati va milliy an’analarimizni keng ommalashtirish maqsadida, Alisher Navoiy xalqaro instituti va uning xorijdagi filiallarini ochish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul va Boku shaharlarida Alisher Navoiy haykallari o’rnatilgan. Binobarin, Anqarada buyuk ajdodimizning ulug’vor haykalining ochilishi nafaqat bizlar uchun, balki Turkiyadagi barcha birodarlarimiz, hattoki butun turkiy dunyodagi qardoshlarimiz uchun katta sharaf ekaniga chin dildan ishonaman», – deya ta’kidladi mamlakat elchisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostonada Alisher Navoiy haykali qo‘yilgan edi.

Shuningdek