Yangiliklar

AQSH HAMAS rahbariyatiga qarshi ayblovlar qo‘ydi

Isroilga hujum uyushtirishda
Rasm: Saher Elghorra/Depositphotos.com

Reuters agentligining xabariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) Falastindagi HAMAS tashkilotining oliy rahbariyatiga 2023-yil 7-oktabrda Isroilga qarshi uyushtirilgan hujum sababli jinoiy aybnoma e’lon qildi.

Tashkilot rahbari Yahyo Sinvar va yana kamida besh kishi terakt uyushtirishda ayblanmoqda, buning natijasida 1,2 ming kishi, shu jumladan, 40 dan ortiq amerikalik halok bo‘ldi.

«Ayblanuvchilar (…) Eron hukumatini siyosiy qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish hamda «Hizbulloh» guruhi ko‘magida ushbu maqsadga erishish uchun HAMASning Isroil davlatini yo‘q qilish va tinch aholini o‘ldirish operatsiyasini boshqargan», deya iqtibos keltirdi bosh prokuror Merrik Garlend.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazib, Yaqin Sharq mamlakati rahbariyatini Falastinning HAMAS guruhi bilan iloji boricha tezroq kelishuvga erishishga chaqirganini yozgan edi.

HAMAS guruhi o‘tgan yilning 7-oktabrida Isroil hududiga bostirib kirgan. Hujum erta tongda otishmadan boshlandi, keyin mamlakatga 2,5 mingdan ortiq jangarilar kirib keldi. 240 dan ortiq mahalliy aholi asirga olindi.