Elektr va gazni ortiqcha sarflaganlik uchun tadbirkorlar kamroq to‘laydi
Joriy yilning 1-noyabriga qadar tadbirkorlik subyektlariga elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun to‘lovni amalga oshirishda qulaylik yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi choralar ko‘rishi belgilandi. Bu haqda prezidentning 30-avgust kuni imzolangan farmonida ma’lum qilindi.
Farmonda ta’kidlanishicha, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz iste’moli miqdorini oshirish hamda belgilangan miqdordan oshiqcha iste’mol qilinganda qo‘shimcha to‘lovni o‘n barobargacha kamaytirish choralarining ko‘rilishi belgilangan.
Bundan tashqari, farmonda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi birgalikda 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab bo‘sh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida realizatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Inson xavfsizligini ta’minlashga doir elektron tizim joriy qilinishi haqida xabar bergan edi.