Yangiliklar

Inson xavfsizligini ta’minlashga doir elektron tizim joriy qilinadi

2025-yil 1-yanvardan boshlab “xavfni tahlil qilish” elektron tizimi ham joriy etiladi
Foto: phonlamai / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda «xavfni tahlil qilish» elektron tizimi hamda «inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri» joriy etiladi. Bu haqda prezident farmonida belgilab qo‘yildi.

Joriy yilning 1-noyabridan boshlab «inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri» joriy etiladi.

Bundan tashqari, nazoratni amalga oshiriuvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini reyestrda belgilangan asoslarga ko‘ra, to‘xtatib turish 2025-yil 1-yanvaridan boshlab mumkin bo‘ladi.

Kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab «xavfni tahlil qilish» elektron tizimi ham joriy etiladi. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarliklar sodir etilishini aniqlash bo‘yicha ushbu tizim joriy etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun mikrokreditlar 300 mln so‘mgacha oshirilishi haqida xabar bergan edi.