Yangiliklar

Janubiy Koreya prezidenti impichment bilan tahdid qilinmoqda

Davlat rahbari ma’muriyati bu ayblovlarni rad etdi
Rasm: SCMP

Janubiy Koreyaning liberal muxolifat partiyalari prezident Yun Sok Yolni impichmentdan qochish uchun harbiy holat joriy etish niyatida aybladi, deb xabar berdi South China Morning Post (SCMP).

Prezident ma’muriyati bu ayblovlarni yolg‘on va siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan deb rad etdi. Prezident matbuot kotibi muxolifatning jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga urinishlarini qoraladi.

Bosh vazir Xan Dok Su ham harbiy holat joriy etish mumkinligini rad etib, bunday chora ehtimoli kamligini va aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonning yangi elchisi Seulga kelgani haqida yozgan edi.