Kichik va o‘rta biznes uchun mikrokreditlar 300 mln so‘mgacha oshiriladi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan mikrokreditlarni 300 mln so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi. Bu haqda prezident farmonida belgilab qo‘yildi.
Farmonga ko‘ra, «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish hamda belgilangan miqdorni 300 mln so‘mgacha oshirishga ruxsat etildi.
Bunda kafilliklar taqdim etish tartibi saqlab qolgan holda, tijorat banklariga hamda mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini oshirishlari mumkin bo‘ladi.
«2024-yil 1-noyabrdan boshlab kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari hamda mikromoliya tashkilotlari jalb etiladi», deyiladi prezident farmonida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan restoranlar uchun foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytirilishi haqida xabar bergan edi.