Oʻzbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif qilinmoqda. Oylik maosh $1600 gacha

eʼlon qilindi
Nomzodlar yapon tilini kamida N5 darajada bilishi kerak
Foto: oasisamuel / depositphotos.com

Oʻzbekistonliklar Yaponiyaga oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, oylik ish haqi $1350–1600 tashkil qiladi. Ish vaqti esa haftasiga 40–48 soat (qoʻshimcha ish soatlari uchun ustama haq toʻlanadi) etib belgilangan.

Nomzodlarga yapon tilini kamida N5 darajada bilish, 18–30 yoshdagi erkaklar, maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan. Shuningdek, sudlanmagan va sogʻlom, kamida 3 yil ishlashga tayyor boʻlish talab qoʻyilgan.

Aviachipta, aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha transfer ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.

Tanlov ish beruvchi vakillari bilan suhbat asosida oʻtkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻzbekistonliklar yuk avtomobili haydovchilar Latviyaga ishga taklif qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek