Oʻzbekiston asosan qaysi mamlakatlarga gilam eksport qilmoqda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Umumiy qiymati $13 mlnga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan
                    
                            
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar–iyul oylarida xorijga qiymati $13 mlnga teng boʻlgan 4,3 mln kv.m gilam eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, eng koʻp Ozarbayjonga 1,22 mln kv.m eksport qilgan. Keyingi oʻrinda Qirgʻiz Respublikasiga 1,1 mln kv.m, uchlikni 807,3 ming kv.m bilan Afgʻoniston yakunlab berdi.
Shuningdek, Rossiyaga (542,5 ming kv.m), Qozogʻistonga (328,7 ming kv.m), Tojikistonga (214,8 ming kv.m), Turkmanistonga (38,7 ming kv.m), AQShga (14,5 ming kv.m) va boshqa davlatlar (0,8 ming kv.m) eksport qilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar borligi haqida gapirgan edi.
