O‘zbekiston va Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshlarni kosmosga uchiradi

eʼlon qilindi
Ostona shahrida tegishli idoralar vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Rasm: Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston va Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshlarni koinotga uchirishda hamkorlik qilishga kelishib oldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Sentabr oyi boshida Ostonada bo‘lib o‘tgan Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani konferensiyasida kelishuvga erishildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston idorasi rahbari Sherzod Shermatov qozog‘istonlik hamkasblari bilan uchrashdi.

“Ikki mamlakat ishtirokida kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlarni joriy yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab olish muhokama qilindi», deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan tashqari, rasmiylar raqamli transformatsiya va inklyuziya sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar.

Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston asosiy kosmik shartnomaga qo‘shilganini yozgan edi.

Shuningdek