Yangiliklar

O‘zbekistonda «yashil» elektr energiyasi ishlab chiqarish 2,5 barobarga oshdi

2024-yil boshidan
Rasm: fanjianhua/Depositphotos

Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan energiya hajmi 2024-yil boshidan buyon 3 mlrd kVt/soatga yetdi, deb xabar berdi «O‘zbekgidroenergo».

Joriy yilning sakkiz oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari 2023-yilga nisbatan qariyb 2,5 barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqardi. O‘shanda ularning umumiy generatsiyasi 1,2 mlrd kVt/soatni tashkil etgan.

O‘zbekistonning yettita hududida umumiy quvvati 2,6 GVt bo‘lgan to‘qqizta quyosh va bitta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi. Ko‘plab kichik quyosh elektr stansiyalari va quyosh panellari O‘zR sanoat korxonalari va uylariga o‘rnatilgan.

2030-yilga borib O‘zbekistonda muqobil energetika quvvatini 27 GVtga yetkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil oxirida Farg‘ona viloyatida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlanishi haqida yozgan edi.