O‘zbekistonliklar chet elga ko‘proq chiqishni boshladi

eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: Unsplash

2024-yilning yanvar–iyul oylari yakunlariga ko‘ra, 3,4 mln o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 35,7 foizga oshgan, bu haqda O‘zR Statistika agentligi xabar beradi.

Mamlakatimiz fuqarolarining asosiy qismi ushbu davrda Qirg‘izistonga – 1,5 mln kishi, Tojikiston va Qozog‘istonga – mos ravishda 674,4 ming va 526,4 ming kishi ketgan.

Joriy yilning avgust oyi boshida Rossiyaga 160 ming o‘zbekistonlik, Saudiya Arabistoniga 106,5 ming, BAAga 70,6 ming O‘zbekiston fuqarosi safarga chiqqan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston va Qirg‘iziston jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash tizimlarini birlashtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek